Yangwang U9X elektromobili tezlik bo'yicha rekord o'rnatdi
Yangwang U9X elektromobili soatiga 503,17 km tezlikka erishib, jahon rekordini o'rnatdi. Ushbu giperkarga to'rtta motor o'rnatilgan bo'lib, ularning umumiy quvvati 3000 ot kuchidan oshadi. Rekord Xalqaro avtomobil federatsiyasi va Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan tasdiqlandi.