Ailenta 18:08 da yangilandi

Loyiha haqida

Bu sayt sun'iy intellekt yangiliklarini o'zbek tilida yetkazadi. Quyida u qanday ishlashi ochiq yozilgan.

Qanday ishlaydi

Har soatda 404 ta ochiq manbadan yangi xabarlar yig'iladi. Sun'iy intellektga aloqador bo'lmaganlari chetlab o'tiladi, bir voqea haqida yozgan turli nashrlar bitta guruhga birlashtiriladi. So'ng til modeli har guruh uchun o'zbekcha sarlavha va qisqa xulosa yozadi.

Xulosalarni mashina yozadi, odam emas. Asl maqola tarjima qilinmaydi — uning asosida qisqa mazmun tayyorlanadi. Har xabarda asl manbaga havola turadi va uni o'qish tavsiya etiladi. Sarlavhadagi har bir raqam asl matnda uchrashi avtomatik tekshiriladi; uchramasa xabar chiqmaydi.

Kim yuritadi

Loyihani Maqsudjon Po'latov yuritadi. Sayt mustaqil, hech qaysi nashr yoki kompaniyaga tegishli emas. Xabarlar tanlovi avtomatik — qo'lda tahrir qilinmaydi.

Xato topsangiz

Xato bo'lishi mumkin: manba noto'g'ri yozgan bo'lishi ham, model xato tushunishi ham mumkin. Topsangiz ayting — tuzatamiz va sahifada nima o'zgargani ko'rsatiladi.

Nashr vakili bo'lsangiz va materialingizga oid e'tirozingiz bo'lsa, xabar bering — tegishli sahifa darhol olib tashlanadi.

polatovmaqsudjon1@gmail.com Telegram

Suratlar

Saytdagi suratlar boshqa nashrlardan olinmaydi. Ular Wikimedia Commons'dan, erkin litsenziya bilan — har birining muallifi va litsenziyasi alohida sahifada ko'rsatilgan. Mos surat topilmagan xabarda kod bilan chizilgan muqova turadi.

Kontentdan foydalanish

Sarlavha va xulosalardan foydalansangiz, manba sifatida ailenta.uz ni va xabardagi asl nashrni ko'rsating. RSS lentasi ochiq: ailenta.uz/rss.xml. Suratlar o'z litsenziyalari bilan tarqatiladi.

Maxfiylik

Sayt kuki qo'ymaydi va ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi. Tashriflar GoatCounter orqali sanaladi — u IP manzilni saqlamaydi va shaxsni aniqlamaydi. Reklama tarmoqlari va kuzatuv skriptlari yo'q.

Manbalar

Xabarlar quyidagi nashrlardan yig'iladi:

Ro'yxat o'zgarib turadi. Hozir 4179 ta xabar, 404 ta manba.