IT Park texnologik soha uchun rezyumelar bazasini ochdi
IT Park texnologiya sohasidagi nomzodlar uchun yagona rezyumelar bazasini ishga tushirmoqda. Mutaxassislar o‘z rezyumelarini ushbu bazaga yuborishlari mumkin. Keyinchalik bu ma’lumotlar kadrlar qidirayotgan kompaniyalarga taqdim etiladi.