Britaniyada ishsiz yoshlar uchun AI lageri ochildi
Preston shahrida yoshlar ishsizligini kamaytirishga qaratilgan AI o'quv lageri sinovdan o'tkazilmoqda. Unda 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlarga AI bo'yicha treninglar o'tiladi. Uch haftalik kurs yakunida ishtirokchilarga shogirdlik dasturlari taklif etiladi.