Safe Road ilovasi ma'lumotlar sizib chiqqanini rad etdi
Safe Road ilovasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari tarqalgani va Telegram botlarida sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya bu xabarlarni qat'iyan rad etdi. Ular buni bozordagi nosog'lom raqobat deb baholamoqda.