Rossiya "Shturm" robot tankini namoyish etdi
Rossiya armiyasi "Markaz-2026" mashg‘ulotlarida masofadan boshqariladigan "Shturm" robot tankini namoyish qildi. T-72 bazasida yaratilgan ushbu ekipajsiz texnika FPV-dronlar tahdidi kuchaygan sharoitda taqdim etildi. Mashg‘ulotlarda "Terminator" jangovar mashinasi ham ko‘rsatildi.