OpenAI boshqaruv a’zosi xavflardan ogohlantirdi
OpenAI not-tijorat jamg'armasi boshqaruv kengashi a'zosi Pol Kristiano kompaniya sun'iy intellekt ustidan nazoratni yo'qotish xavfini kamaytirish choralarini yetarli darajada ko'rmayotganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, yaqin kelajakda qaytarib bo'lmaydigan xavflar yuzaga kelishi mumkin.