O‘zbekiston oliygohlari startaplarga investitsiya kiritadi
O‘zbekistondagi universitetlarga talabalar va ilmiy xodimlar startaplariga o‘z mablag‘laridan 20 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi. "Universitetlar — startaplar generatori" dasturi 2026-yil 1-sentabrdan boshlanishi rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirishda IT Park yordam beradi.

