Huawei AI chiplari savdosida Nvidia'dan o'zib ketdi
Huawei rahbari Erik Sxu kompaniyaning mahalliy AI chiplari Xitoyda savdo hajmi bo'yicha Nvidia'dan o'zib ketganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu chiplar unchalik ilg'or bo'lmasa-da, ularga kutilmaganda taqiq qo'yilish xavfi yo'q.