AI kompaniyalari kiberhujumga tayyorgarlik ko'rmoqda
Anthropic, OpenAI va boshqa sun'iy intellekt kompaniyalari rahbarlari yirik kiberhujumlarga qarshi choralar ishlab chiqmoqda. Axios nashrining yozishicha, ular internet, moliya va hayotiy ta'minot tizimlarini izdan chiqarishi mumkin bo'lgan "halokatli hodisa" ssenariylarini tayyorlamoqda.