Advokat ChatGPT yozgan soxta hujjat uchun jarimaga tortildi
Nyu-Meksiko oliy sudi advokat Stiven Aaronsni jarimaga tortdi. U ChatGPT yordamida tayyorlangan va ichida soxtalashtirilgan politsiya ko'rsatmalari bo'lgan hujjatni sudga taqdim etgan. Advokat ma'lumotlar to'g'riligini tekshirmagani uchun aybdor deb topildi.